Joriy yilning may oyida Samarqand shahar Bog‘imaydon mahallasida qurilayotgan ko‘p qavatli uyda ishlayotgan quruvchi zinadan yiqilib vafot etgan. Voqea 6 may kuni sodir bo‘lgan bo‘lsada, rasmiylar bu haqda jamoatchilikka xabar bermagan.
Ta’kidlanishicha, ishchi Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan 21 yoshli yigit, ob’ektda suvoqchilik ishlari bilan shug‘ullanayotgan bo‘lgan. Mas’ul xodimning aytishicha, yigit sho‘xlik sabab zinalardan yiqilgan va voqea joyida vafot etgan.
Quruvchi yigitning o‘limi yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.