Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Samarqandda qora qum aralashmasini qazib olayotgan fuqaroga chora ko‘rildi

A A A
Samarqandda qora qum aralashmasini qazib olayotgan fuqaroga chora ko‘rildi


Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Er osti va yer usti tabiiy boyliklari noqonuniy talon-toroj qilinishining oldini olish maqsadida olib borilgan reyd davomida tumanning «Balandravot» MFY hududida huquqbuzarlik aniqlandi. Ya’ni fuqaro Z. X. «Narpay» kanali atrofidan qonunga xilof tarzda o‘z boshqaruvida bo‘lgan texnika vositasi yordamida qora qum aralashmasini qazib olayotgani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 70-moddasi 1-qismiga binoan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Z. X. BHMning 10 barobari, ya’ni 3 mln 40 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Kiritildi: 15:15 23.01.2024. O'qildi: 1297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!