Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda qalbaki aksiz markali alkogol va hujjatsiz tamaki mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Samarqandda qalbaki aksiz markali alkogol va hujjatsiz tamaki mahsulotlarining savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.B.” MCHJ rahbari A.T. “Navbog‘” MFY hududidagi savdo do‘konida kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan turli nomdagi umumiy bahosi 104 mln so‘mlik 2 071 dona qalbaki aksiz markali alkogol va tegishli hujjatlari bo‘lmagan 608 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Kiritildi: 11:53 18.03.2025. O'qildi: 315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!