Samarqandda noqonuniy pirotexnika vositalari, dori vositalari, alkogol va tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi.
Majburiy ijro byurosining Samarqand shahar bo‘limi tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi hamda Samarqand shahar sudining tegishli hukmlari ijrosi ta’minlandi.
Sud hukmlariga muvofiq, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishlari doirasida ashyoviy dalil sifatida olingan mahsulotlar belgilangan tartibda yo‘q qilindi.
Jumladan, 55 ta holat bo‘yicha “D.D” MCHJga qarashli omborxonada saqlanayotgan 70 turdagi dori vositalari, 35 dona alkogol mahsulotlari, shuningdek huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan 1800 quti tamaki mahsulotlari hamda boshqa turdagi mahsulotlar maxsus tartibda yo‘q qilindi.
Mazkur tadbir noqonuniy mahsulotlarning muomalaga kirib kelishining oldini olish hamda sud hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.
Majburiy ijro byurosi tomonidan sud hujjatlari ijrosini ta’minlash va qonunbuzarlik holatlarining oldini olish borasida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.