2024 yilda Samarqand shahrida Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanadi.
Bu borada Prezidentning «Buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi PQ-323 – son qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, «Jahon tamadduni rivojida Mirzo Ulug‘bek ilmiy-ma’rifiy merosining o‘rni va ahamiyati» mavzusida ilmiy-adabiy tadbirlar ham o‘tkaziladi.
Shuningdek, davlat teatrlari va talabalar teatr-studiyalarida Mirzo Ulug‘bek hayoti va faoliyatiga oid spektakllar sahnalashtiriladi.
Samarqand shahrida 2024 yil 10-11 oktyabr kunlari «Mirzo Ulug‘bek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi» mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.
«Ziji jadidi Ko‘ragoniy» asari o‘zbek, rus va ingliz tillarida, «To‘rt ulus tarixi» nomli tarixiy asarining o‘zbek tiliga tarjimasi qayta nashr qilinadi.
Bundan tashqari, 2024 yil oktyabr oyida: