Joriy yilning o‘tgan davrida Byuroning viloyat boshqarmasi organlari tomonidan sud hujjatlari asosida kommunal tashkilotlar foydasiga 39,9 mlrd. so‘mlik hujjatlar ijrosi ta’minlanib, undirilgan mablag‘lar ta’minotchi korxonalarning hisob raqamlariga yo‘naltirilgan.
Misol uchun: Elektr energiyasiga 23,0 mlrd. so‘mlik, Hududgaz ta’minot korxonasiga 6,2 mlrd. so‘mlik, Suv ta’minoti korxonasi 7,6 mlrd. so‘mlik, Boshqaruv servis kompaniyalariga 2,7 mlrd. so‘mlik, Issiqlik ta’minoti korxonasiga 544,2 mln. so‘mlik hujjatlar ijrosi ta’minlangan.
Shuningdek, 8,5 mlrd. so‘mlik 1.127 ta ijro ishlari bo‘yicha undiruv qarzdorlarning oylik ish haqi va boshqa daromadlariga qaratilgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida 6,2 mlrd. so‘mlik 371 nafar qarzdorlarga tegishli mol-mulklar xatlanib, 2,8 mlrd. so‘mlik 365 ta hujjatlar auksion savdolariga chiqarildi.
Qoldiqdagi 40,7 mlrd. so‘mlik 2.177 ta hujjatlari bo‘yicha majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.