Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandda "Kobalt" va “Damas” to‘qnashdi, haydovchilardan biri halok bo‘ldi

Samarqandda "Kobalt" va “Damas” to‘qnashdi, haydovchilardan biri halok bo‘ldi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan YTHda “Kobalt” va “Damas” mashinalari o‘zaro to‘qnashgan.

IIV YHXBB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 31 iyul kuni sodir bo‘lgan.

Shu kuni soat 8:30 larda Kattaqo‘rg‘on tumani Burgansoy mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda “Kobalt” bilan harakatlangan haydovchi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan.

So‘ng ro‘paradan harakatlanib kelayotgan “Damas”ning yo‘liga chiqib ketib, u bilan to‘qnashgan.

Oqibatda “Damas” haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 03:39 04.08.2024. O'qildi: 1002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!