Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Samarqandda hokimiyat vakilini jarohatlashdi

A A A
Samarqandda hokimiyat vakilini jarohatlashdi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatib, tan jarohati yetkazishgani haqida tezkor xabar e’lon qildi.

"2018 yil 12 may kuni soat 22:00 larda Samarqand tumanida yashovchi ishsiz S. mast holda o‘zining "Moskvich" rusumli avtomashinasini Samarqand shahrida boshqarib ketayotganida, uni to‘xtatib, Samarqand viloyat narkologiya dispanserida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan viloyat IIB YXHB inspektorlari F. va A. larga faol qarshilik ko‘rsatib, ularga tan jarohati yetkazgan", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan S. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi (hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 01:06 23.05.2018. O'qildi: 1461 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik