Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Samarqandda fuqarolar MIB bo‘limi oldida janjal ko‘tardi. Sababi ma’lum qilindi (VIDEO)

Samarqandda fuqarolar MIB bo‘limi oldida janjal ko‘tardi. Sababi ma’lum qilindi (VIDEO)

Joriy yilning 15 yanvar kuni “Haqiqat ovozi” Youtube kanaliga “Samarqand MIBda katta janjal uydan quvilganlar faryodi” nomli tanqidiy material joylashtirilgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining qaroriga ko‘ra, javobgarlar M.Muminova, A.Yadgarov, G.Murodova, SH.Sheraliyev, T.Sheraliyev, I.Sheraliyeva va N.Xakimovalarni - Samarqand shahar, Yuqori Xo‘jasoat mahallasi, Yuqori Xo‘jasoat 197 uydan, boshqa turar-joy bermagan holda chiqarish to‘g‘risidagi ijro varaqasi 25.11.2022 yilda Byuroning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Ma’lumot uchun, Samarqand shahar sudining hujjatiga ko‘ra, bir necha qarzdor korxonalar hamda qarzdor M.Muminovalardan solidar tartibda “Ipoteka bank” ATIB Samarqand filiali foydasiga jami 32.666,48 YEVRO kredit qarz undirish hamda undiruvni kredit ta’minoti sifatida M.Muminovaga tegishli bo‘lgan Samarqand shahar, “Yuqori xo‘jasoat” maxallasida joylashgan maydoni 575,79 kv.m, qurilish osti maydoni va 400,36 kv.metr ofis binosiga qaratish to‘g‘risidagi ijro xujjati bo‘yicha ijro harakatlari olib borilgan. Garovga qo‘yilgan ofis binosi auksion savdosiga chiqarilgan va g‘olib N.Nurmatov tomonidan garov mulki ofis binosi sotib olingan.

Ijro harakatlari davrida, qarzdor shaxslar ixtiyoriy muddatda ijro hujjatining ijrosini bajarishmagan.

Bundan tashqari, ijro ishi sud hujjatiga asosan, bir necha bor to‘xtatilib, yana ijroga qaratilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 29.09.2023 yildagi xati bilan, fuqarolik ishi takroriy kassasiya tartibida o‘rganilguniga qadar vaqtinchalik to‘xtatilgan va ushbu to‘xtatish sudning 22.12.2023 yildagi xati bilan bekor qilingan.

Shundan so‘ng, ijro hujjatini ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisining talabnomaga asosan majburiy ijro harakatlari 2024 yil 10 yanvar kuni soat 10:00 ga tayinlangan hamda majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorlar va ularning mol-mulklari ijro hujjatida ko‘rsatilgan manzildan majburiy tartibda chiqarilgan.

So‘ngra, 12 yanvar kuni qarzdorlar M.Muminova, G.Murodova, SH.Sheraliyev, T.Sheraliyev va I.Sheraliyevalar qarindoshlari hamda blogerlar bilan Byuroning Samarqand shahar bo‘limiga kelishib, jamoat tartibini buzib, xodimlarga ijro harakatlaridan noroziligini bildirishgan. Shunda, Byuroning Samarqand shahar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari YA.Beknazarov va mas’ul xodimlar xodimlar tomonidan fuqarolarga huquqiy tushuntirish berilgan.

Hozirda, qarzdor shaxslar tomonidan jamoat tartibini buzganligi hamda SH.Sheraliyev, T.Sheraliyev va G.Murodovalar tomonidan davlat ijrochisi S.Shakarovga nisbatan jismoniy kuch ishlatish va qarshilik ko‘rsatish ko‘rsatish holatlari yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Kiritildi: 17:58 16.01.2024. O'qildi: 3751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!