Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Samarqandda fermer xo‘jaligi rahbari 700 million so‘m imtiyozli kreditni "uxlatdi"

Samarqandda fermer xo‘jaligi rahbari 700 million so‘m imtiyozli kreditni "uxlatdi"

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.B.” fermer xo‘jaligi rahbari A.X. tumandagi “Yangihayot” massividagi 40 gektar paxta yer maydoniga tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini olib kelib o‘rnatish uchun bank muassasasidan 700 mln so‘m kredit ajratilishiga erishib, kredit mablag‘ini o‘zlashtirish maqsadida yer maydonining 26 gektariga eski va sifatsiz uskunalarni o‘rnatib, keyinchalik uskunalarni yana qaytarib olib ketib, kredit mablag‘ini maqsadsiz ishlatganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:36 10.05.2022. O'qildi: 2100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!