Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandda erkak tanishining boshiga bolta bilan og‘ir jarohat yetkazdi

Samarqandda erkak tanishining boshiga bolta bilan og‘ir jarohat yetkazdi

8 iyul kuni Ishtixon tumani "Dehqonobod" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi S.SH. og‘ir tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, o‘sha kuni soat 10:30 larda S.SH. tanishi Q.R. bilan o‘zaro kelishmay qolgan va janjallashgan.

Oqibatda Q.R. o‘zining «Tico» rusumli avtomashinasi yukxonasidan xo‘jalik boltasini olib, S.SH.ning bosh sohasining orqa qismiga bir marotaba urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan.

"Hozirda mazkur holat yuzasidan Ishtixon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi «l» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan", deya xabar berdi viloyat IIB axborot xizmati.

Kiritildi: 16:38 10.07.2024. O'qildi: 1120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!