Bugun 22 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda eri bilan urishgan ayol o‘zini 3-qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi

Samarqandda eri bilan urishgan ayol o‘zini 3-qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi

Joriy yilning 3 iyun kuni taxminan soat 10:10 larda Samarqand shahri Shodlik mahallasi S.Buxoriy ko‘chasida joylashgan uyda mojaro bo‘layotganligi yuzasidan Shodlik MFY ga xonadon qo‘shnilari tomonidan murojaat kelib tushgan.

Voqea joyiga zudlik bilan mahalla vakillari hamda unga biriktirilgan Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi, psixolog kichik serjant N.Sanaqulovalar yetib borishgan vaqtda, oiladagi er-xotin U.N. va B.D. o‘rtasida jiddiy mojaro bo‘layotganligiga guvoh bo‘lishgan. Oilaning psixologik holati og‘ir ekanligi natijasida U.N.ning turmush o‘rtog‘i B.D. o‘z joniga qasd qilish maqsadida yashab turgan uyining 3 qavatidan o‘zini tashlamoqchi bo‘lganligi aniqlandi.

Tezkor olib borilgan qutqaruv ishlari natijasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi tomonidan 2002 yilda tug‘ilgan B.D.ning hayoti saqlab qolindi.

Voqea yuzasidan xonadon egalari bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

Hozirgi vaqtda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ayol, ushbu qilgan ishidan qattiq afsusda ekanligini aytmoqda.

Kiritildi: 17:12 05.06.2021. O'qildi: 1787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!