Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Samarqandda 7 oylik bola ko‘chaga tashlab ketilgani aytildi

Samarqandda 7 oylik bola ko‘chaga tashlab ketilgani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 1 yoshga to‘lmagan bolani onasi ko‘chaga tashlab ketganligi to‘g‘risida videoxabar yuzasidan

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan alohida nazoratga olinib, ichki ishlar va prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, O.J (Sirdaryo viloyatida yashovchi, 2004-yilda tug‘ilgan ayol)
7 oylik farzandi N.O (2024-yil oktyabrda tug‘ilgan, o‘g‘il bola) ni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi mahalla ko‘chasida tashlab ketib, o‘zi yashiringanligi aniqlangan.

Holat yuzasidan hozirda tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bola tumandagi go‘daklar uchun bolalar uyiga joylashtirilib, unga hozirda zarur bo‘lgan parvarish ko‘rsatilmoqda.
Hozirda onaning o‘z farzandiga nisbatan sodir etgan g‘ayriqonuniy harakatlariga huquqiy baho berish jarayoni bormoqda.

Bu haqda qo‘shimcha tarzda ma’lumot beriladi.

Ma’lumot uchun: o‘zining ota-onalik vazifasini su’istemol qilgan tarzda farzandiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik - bolaga nisbatan zo‘ravonlikning shakli hisoblanadi.
Ayrim fuqarolarning o‘z farzandiga nisbatan sodir etayotgan bunday harakatlari qonun doirasida javobgarlikka asos bo‘ladi.
Har bir bola qonun va davlat himoyasidadir.

Kiritildi: 12:56 07.05.2025. O'qildi: 875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!