Samarqandda may oyida dahshatli voqea sodir bo‘lgan.
Tekstil korxonalaridan birida ishlaydigan 19 yoshli qiz o‘sha mash’um tunda navbatchi edi.
"Master soat kechki 10 larda chiqishimni aytdi. Chiqmasang bo‘lmaydi, dedi. Keyin oyoq-qo‘limni bog‘lab, korxona yonidagi qurilishi bitmagan binoga olib borishdi. Baqira olmasdim, og‘zimni yopib qo‘yishgandi. Keyin esa meni zo‘rlashdi", dedi qiz.