Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Samarqandda 1 tup tutni kesgan fuqaroga 75 mln so‘m jarima belgilandi

Samarqandda 1 tup tutni kesgan fuqaroga 75 mln so‘m jarima belgilandi

Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Toyloq tuman bo‘limi tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, reyd davomida tumanning “Xo‘jayuz” MFY hududida fuqaro U.Z. tomonidan tegishli ruxsatlarsiz sog‘lom 1 tup tut daraxti kesib tashlanganligi ma’lum bo‘ldi. Natijada tabiatga 71 mln 250 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy jinoyat kodeksining 79-moddasi (daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

U BHMning 10 baravari — 3 million 750 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Huquqbuzar qilmishi uchun jami 75 million so‘m to‘laydigan bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 11:10. O'qildi: 353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!