Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan qalbaki alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishini oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahrida faoliyat yurituvchi “Q.I.” MCHJ rahbari I.R. va boshqalar MCHJ savdo do‘konida tegishli kirim va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 1,5 mlrd so‘mlik 122 turdagi jami 27 339 dona alkogol mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.