Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Samarqand viloyatida 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan xususiy korxona fosh etildi

Samarqand viloyatida 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan xususiy korxona fosh etildi

“O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat Departamenti va gaz ta’minoti korxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Qo‘shrabot tumanida joylashgan "R.U.S." xususiy korxonasiga qarashli umumiy ovqatlanish majmuasida gaz hisoblagichisiz yer osti yo‘li orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 443 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:39 17.04.2025. O'qildi: 632 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!