Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari ishdan olindi

A A A
Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari ishdan olindi

26 iyul kuni Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikasiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan. Bu haqda "Daryo" o‘z muxbiriga tayanib xabar berdi.

Mazkur xabar chop etilgan ayni paytda viloyat hokimligi rasmiy saytining "hokimlik rahbariyati" bo‘limida mazkur lavozim vakant ekanligi ko‘rsatilgan.

Avvalroq Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev korrupsion tizim yaratgani oshkor bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berilgan, u va viloyat hokimligining bir necha mansabdorlari hibsga olingani bildirilgandi.

Turobjon Jo‘rayev o‘rniga Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

 

Kiritildi: 10:50 28.07.2018. O'qildi: 1453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik