Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi endi karantin muassasasi emas

A A A
Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi endi karantin muassasasi emas

Sovid-19 infeksiyasiga qarshi kurashish, uning keng tarqalishining oldini olish borasida viloyatimizda amalga oshirilgan ishlar natijasida epidemik vaziyat barqarorlashganligi, shuningdek, karantin hududlari va aholi orasida aniqlanayotgan kasallanish holatlarining sezilarli kamayganligi inobatga olinib koronavirus infeksiyasiga chalinganlarni davolash uchun moslashtirilgan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida joriy yilning 11 iyunidan boshlab infeksiyaga chalingan bemorlarni qabul qilish to‘xtatildi. Bu haqda Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Muassasada davolanayotgan bemorlar soni kamayganligi bois ularga tibbiy xizmat ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlari bilan birgalikda viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga o‘tkazildi.

Hozirda markazda belgilangan tartib bo‘yicha dezinfeksiya, tozalash va yuvish ishlari olib borilmoqda. Zararsizlantirish ishlari tugatilgandan so‘ng ushbu markaz o‘z sohasi bo‘yicha faoliyatini boshlaydi.

 

Kiritildi: 07:05 15.06.2020. O'qildi: 7551 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!