Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Samarqand shahrida qalbaki dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

A A A
Samarqand shahrida qalbaki dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.X. o‘zi yashab kelayotgan ko‘p qavatli uyning 1-yo‘lagidagi qo‘shimcha xonada yashirin sex tashkil qilib, “Bekot Amino” va “Monasil NEO” nomli dori vositalarining muvofiqlik sertifikatini qalbakilashtirib, go‘yoki ushbu dori vositalari “R.M.” qo‘shma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilganligi to‘g‘risida poligrafiya yozuvlarini yopishtirib qalbakilashtirilgan dori vositalarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan jami 5 mingdan ziyod dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:32 31.07.2023. O'qildi: 2015 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!