Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Samarqand shahrida gaz chaqnashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Samarqand shahrida gaz chaqnashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Joriy yilning 8-may kunidan 9-may kuniga o‘tar kechasi Samarqand viloyati, Samarqand shahar, “Bog‘isaroy” MFY, Spitamen ko‘chasida joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar qilingan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borib, baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan.

Chaqnash natijasida hosil bo‘lgan kinetik zarbadan uyning temir-beton konstruksiyalari qulashi oqibatida, 1,2,3-chi qavatlari va yerto‘la qismi zararlangan. Yong‘in sodir bo‘lmagan.

Olib borilgan harakatlar natijasida vayronalar ostidan 6 nafar fuqaroning jasadi topilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ishchi guruhi rahbarligida Samarqand viloyati FVB boshlig‘i, Prokuratura, IIB, SSB, MG, “Hududgazta’minot” va tegishli FVDT xizmatlaridan tezkor – Shtab tuzilib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Bunga 10 ta asosiy va maxsus yong‘in-qutqaruv texnikalar va FVDTning kuch, vositalari jalb etilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 14:53 09.05.2025. O'qildi: 1065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!