O‘zenergoinspeksiya Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Samarqand shahrida fuqaro I. SH. ga qarashli issiqxonaga yashirin tarmoq tortib, o‘zboshimchalik bilan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 milliard 265 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.