Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Samarqand ko‘chalari suv toshqini ostida qoldi (foto+video)

Samarqand ko‘chalari suv toshqini ostida qoldi (foto+video)

Bugun, 29 mart erta tongdan Samarqand shahrida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida bir qator ko‘chalarda suv toshqini yuzaga kelgan.

Daryo muxbirining ma’lum qilishicha, soat 3:00 atrofida yog‘ishni boshlagan yomg‘ir natijasida Samarqand shahridagi Shohizinda, Registon, Sadriddin Ayniy, Mir Said Baraka, Ibn Sino, Ro‘dakiy ko‘chalarida suv to‘planib qolgan.

Daryo ga yuborilgan ma’lumotga ko‘ra, kuchli yomg‘ir natijasida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti yotoqxonasi ham suv bosgan.

Ayni paytda yuzaga kelgan holatni bartaraf etish maqsadida Samarqand shahar hokimligi va obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 11:57 29.03.2019. O'qildi: 6791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!