Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Samarkand Bonds obligasiyalarining navbatdagi tiraji London birjasiga joylashtirildi

Samarkand Bonds obligasiyalarining navbatdagi tiraji London birjasiga joylashtirildi

O‘zbek so‘miga nominallashtirilgan Samarkand Bonds obligasiyalarining navbatdagi adadi London birjasiga joylashtirildi.

5 dekabr kuni London fond birjasiga (London Stock Exchange) Xalqaro moliya korporasiyasining o‘zbek so‘miga nominallashtirilgan Samarkand Bonds obligasiyalarining navbatdagi adadi joylashtirildi.

O‘zbekiston Markaziy bankining xabar qilishicha, obligasiyalarning umumiy hajmi 123 mlrd so‘mni, to‘lov muddati 2 yil, kupon stavkasi esa yiliga 9,45 foizni tashkil etadi. Olingan foyda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun kredit sifatida «Ipak yo‘li banki"ga taqdim etiladi.

Joriy yilda London birjasiga umumiy qiymati 240 mlrd so‘mlik Samarkand Bonds obligasiyalarining avvalgi uch nashri kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun «Hamkorbank"ga yo‘naltirilgan edi.

Manba: gazeta.uz

Kiritildi: 23:53 07.12.2018. O'qildi: 1136 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!