Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Samarada o‘zbekistonlik migrantlarlarning 700 ming rubl maoshi undirib berildi

A A A
Samarada o‘zbekistonlik migrantlarlarning  700 ming rubl maoshi undirib berildi

Rossiyaning Samara viloyati Chernorechye shaharchasidagi issiqxonada ishlagan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining berilmayotgan 685 ming rubl maoshi undirib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.
Agentligining Samaradagi vakolatxonasi xodimlari joriy yilning 17-25 sentyabr kunlari O‘zbekiston fuqarolari ishlayotgan issiqxonalarga tashrif buyurib, mehnat va ish sharoitlarini o‘rgangan.
“O‘rganishlar natijasida 9 nafar mehnat migrantining berilmayotgan 685 ming rubl maoshi undirib berildi. Qolgan yurtdoshlarimizning ish haqlari qaytarilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, hozir maoshini olgan fuqarolar ish joylaridan O‘zbekistonga qaytmoqda.
Avvalroq Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Chernorechyedagi issiqxonalarda ishlayotgan 31 nafar o‘zbekistonliklarning pasportlarini olib berib, maoshlari to‘liq to‘lanishini nazoratga olgan edi.

Kiritildi: 19:07 28.09.2021. O'qildi: 1579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!