Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Salvador prezidenti cheksiz qayta saylanish huquqiga ega bo‘ldi

Salvador prezidenti cheksiz qayta saylanish huquqiga ega bo‘ldi

Salvador prezidenti Nayib Bukelening hukmron partiyasi mamlakat konstitusiyasiga o‘zgartirishlar kiritdi. Unga ko‘ra, Bukelega cheksiz qayta saylanish huquqi berilib, prezidentlik muddati 6 yilga uzaytirildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu konstitusion o‘zgarishlar 31 iyul kuni qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan. Yangi G‘oyalar partiyasi deputati Ana Figueroa konstitusiyaning 5 ta moddasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif kiritgan. Ular orasida saylovning ikkinchi bosqichini bekor qilish — ya’ni eng ko‘p ovoz to‘plagan ikki nomzod o‘rtasidagi hal qiluvchi saylovni o‘tkazmaslik ham bor. Ko‘pchilikka ega bo‘lgan Bukelening partiyasi bu o‘zgartirishlarni tezda ma’qullagan — 57 deputat rozilik bildirgan bo‘lsa, 3 nafari qarshi chiqqan.

Endilikda bu o‘zgartirishlar bilan Bukelega muddatsiz qayta prezident bo‘lish yo‘li ochilmoqda.

Muxolif deputat Marsela Villatoro bu qarorni tanqid qilib, Salvadorda “demokratiya o‘lganini” aytmoqda.

Prezident o‘zini “dunyoning eng zamonaviy diktatori” deb atab, jinoyatchilikka qarshi qat’iy siyosat yuritish va’dasi bilan saylovchilar e’tiborini jalb qilmoqda.

Kiritildi: 22:27 01.08.2025. O'qildi: 662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!