Gruziyaning amaldagi prezidenti Salome Zurabishvili hukumat siyosatidan norozi bo‘osa, iste’foga chiqishi kerak edi dedi Mixail Kavelashvili.
Gruziyaning yangi saylangan prezidenti bunday fikrni “Imedi” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Agar men boshqacha fikrda bo‘lsam va ijro hokimiyati siyosatidan uzoqlashsamu, lekin konstitusiya menga hukumatga qarshi chiqishga imkon bermasa, shu bilan birga, men o‘z vatanimni, xalqimni hurmat qilsam, iste’foga chiqqan bo‘lardim. Konstitusiyani himoya qilish, fuqarolarimga o‘rnak bo‘lishi uchun lavozimimni tark etgan holda siyosiy qarama-qarshilikni boshqa pozisiyadan boshlayman", — deya fikr bildirdi Kavelashvili Zurabishvilining hukumat bilan qarama-qarshiligini baholar ekan.