"Liverpul" yulduzi Muhammad Salohga nomi ochiqlanmagan Saudiya Pro Ligasi klubi tomonidan juda katta taklif kelib tushdi. Manbalarga ko‘ra, misrlik hujumchiga yillik 150 million yevro maosh taklif qilingan.
Agar Saloh bu taklifni qabul qilsa, u nafaqat Saudiya chempionatida, balki butun dunyo bo‘yicha eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylanadi.
Futbolchiga ushbu taklif keyingi yozda "Liverpul"ni tark etish sharti bilan berilgani xabar qilinmoqda.