"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh o‘z darajasini yuqori baholamoqda.
"Men o‘zimni barcha davrlarning eng yaxshi afrikalik futbolchisi deb hisoblayman," - deya Salohning so‘zlarini keltiradi jurnalist Janluka di Marsio.
Muhammad Salohning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi yana ikki mavsumga mo‘ljallangan. Saloh "qizillar" safida jami 401 ta o‘yin o‘tkazib, 245 ta gol urgan va 113 ta golli uzatmani amalga oshirgan.