Liverpul futbolchisi Muhammad Saloh rafiqasining hijobsiz suratini ijtimoiy tarmoqqa joylagani uchun onasidan uzr so‘radi.
Onasi futbolchini bu ishi uchun qattiq tanqid qildi. WhatsApp ijtimoiy tarmog‘i orqali: Agar otang menga nisbatan shunday qilganini ko‘rgan bo‘lsang, mayli, men sendan kechirim so‘rayman , dedi ayol tanqidlarining oxirida.
Oradan bir necha kun o‘tgach Saloh onasidan uzr so‘radi va rafiqasining hijobdagi suratini joyladi. Suratda rafiqasi va qizining yuzini smaylik yopib turibdi. Quyida Saloh joylagan ayolining hijobsiz va hijobli suratlarini ko‘rishingiz mumkin.