Bugun 2 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Saloh dahshatga tushdi: «Hech qachon bunday muhitda o‘ynamaganman»

Saloh dahshatga tushdi: «Hech qachon bunday muhitda o‘ynamaganman»

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Chempionlar ligasida "Galatasaroy"ga qarshi kechgan o‘yin haqida fikr bildirdi.

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Turkiyada kechgan uchrashuv mersisaydliklarning 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

"Umrimda hech qachon bunday muhitda o‘ynamaganman. Konsentrasiyani saqlash juda qiyin edi. Shovqin quloqni teshib yuboradigan darajada kuchli edi va biz uni yenga olmadik. "Galatasaroy"ni tabriklayman," - dedi Saloh o‘yindan so‘ng.

Chempionlar ligasining navbatdagi turida "Liverpul" safarda "Ayntraxt"ga qarshi bahs olib boradi. Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 22 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 22:37 01.10.2025. O'qildi: 1505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!