Bugun 2 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Turkiya mudofaa vazirligi "Matonat flotiliyasi"ni kuzatib bormoqda

A A A
Turkiya mudofaa vazirligi "Matonat flotiliyasi"ni kuzatib bormoqda

Turkiya mudofaa vazirligi Sharqiy O‘rta yer dengizida G‘azo sari harakatlanayotgan va 44 davlatdan yuzlab faollar bo‘lgan "Matonat flotiliyasi"ni kuzatib bormoqda.

Turk harbiy kemalari gumanitar operasiyalarga ko‘mak berishga va zarurat tug‘ilganda qidiruv va qutqaruv missiyalariga qo‘shilishga tayyor (ya’ni Isroil kemalarga hujum qilsa, o‘lganlar va yaradorlarni qutqarish uchun).

Barcha harakatlar xalqaro hamkorlar bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilarkan.

Flotiliya o‘z missiyasini jonli efirga uzatishni boshladi. Tez orada 300 tonnadan ziyod gumanitar yuk ortilgan kemalar G‘azoga yaqinlashadi.

Kiritildi: 22:45 01.10.2025. O'qildi: 883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!