Mintaqa gubernatori voqea dronlar hujumi bilan bog‘liq emasligini bildirdi.
"Mahalliy aholi neftni qayta ishlash zavodidagi yong‘in dushman dronlarining hujumi natijasi bo‘lishi mumkin degan xavotirda. Ammo sodir bo‘lgan voqeaning bunga hech qanday aloqasi yo‘q. Bugun Yaroslavl hududida dronlar hujumi qayd etilmadi. Yong‘in texnogen xarakterga ega", — dedi Yaroslavl gubernatori Mixail Yevrayev.
Astra xabariga ko‘ra, yong‘in Novo-Yaroslavl neftni qayta ishlash zavodida (“Slavneft-YANOS”) yuz bermoqda. Ushbu zavod Rossiyaning eng yirik beshta neft qayta ishlash korxonalaridan biri hisoblanadi.