Zohran Mamdani bu haqda CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Nyu-York xalqaro qonunlarga sodiqdir. Bu shahar qadriyatlari haqiqiy majburiyatlarda aks etishi kerak. Shuning uchun Xalqaro jinoiy sudning orderlariga amal qilishimiz lozim, bu Netanyahu bo‘ladimi, Putin bo‘ladimi farqi yo‘q. Men Donald Tramp emasman, qonunlarni o‘zim xohlagancha o‘zgartirmayman, balki ularga rioya qilaman. Har qanday vaziyatda qonuniy yo‘l bilan ish tutaman", —dedi siyosatchi.
Xalqaro jinoiy sud (XJS) Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olish uchun order bergan. Ammo AQSH, Rossiya va Isroil XJSning Rim statutini imzolamagan, shu sababli, ushbu mamlakatlar mazkur orderlarni tan olmasliklarini bildirishgan.