Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Saloh APLda o‘tgan mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Saloh APLda o‘tgan mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh Angliya professional futbolchilar assosiasiyasi talqiniga ko‘ra, APL-2024/25 mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

33 yoshli misrlik futbolchi Angliya chempionatida 38 ta o‘yinda 29 ta gol va 18 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Saloh uchinchi va rekord darajadagi sovrinni qo‘lga kiritdi. Avvalroq u 2017/18 va 2021/22 yilgi mavsumlar yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchiga aylangandi. Mark Xyuz, Alan Shirer, Tyerri Anri, Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl va Kevin de Bryuyne ikki martadan sovrinni qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 02:20 20.08.2025. O'qildi: 894 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!