Qimmatbaho metallarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Andijon shahrida yashovchi, 1985 y.t. shaxs bir nechta tashmachilar ko‘magida «Do‘stlik» xalqaro nazorat o‘tkazish punkti orqali bojxona nazoratini chetlab o‘tgan holda, Qirg‘iz Respublikasidan olib kelingan va qiymati 17 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan, jami 162 gr tilla buyumlarni qabul qilib olib, Andijon shahri tomon harakatlangan vaqtida Xo‘jaobod tumanidagi YPX maskanida ushlandi.
So‘ngra, undan Qo‘qon shahrida istiqomat qiluvchi, 1983 y.t. fuqaro 908 gr «Platina» metalini sotish uchun xaridor izlayotganligi to‘g‘risida ma’lumot olindi.
Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu fuqaro qimmatbaho metalni shartli xaridorga 62 950 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.