O‘zbekiston xalq artisti Saidkomil Umarov 1946 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1971 yilda Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan.
Ijodi davomida “Olis yaqin yillar”, “Olovli yo‘llar”, “Dunyoning ishlari”, “Sarvinoz 2”, “Panoh”, “Ibrat”, “Jiyda guli”, “Mahmudxo‘ja Behbudiy”, “Yozsiz yil” kabi filmlarda rollar ijro etgan. Bugun aktyor 75 yoshni qarshi olmoqda.
Kinematografiya agentligi jamoasi ustoz san’atkor Saidkomil Umarovni bugungi tavallud kuni bilan muborakbod etib, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik va zafarlar tilaydi.