Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda falastinlik bolalardan xabar oldi.
U prezidentning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
“Shuncha qiyinchiliklarga qaramay, ular qalbida beg‘uborlik va mo‘jiza istagini saqlab qolgani chindan ham hayratlanarli. Umid qilamanki, e’tibor va mehr so‘zlari ularning ko‘nglida yorug‘ kelajakka ishonch uyg‘otadi”, deydi prezident yordamchisi.