Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbar o‘rinbosari bilan muzokara o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbar o‘rinbosari bilan muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Moskva shahrida Rossiya Federasiyasi prezidenti administrasiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligining asosiy yo‘nalishlari muhokama etildi. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi ishonchli munosabatlar strategik sheriklik va ittifoqchilikning mustahkam poydevori ekani alohida ta’kidlandi.

Yoshlar va kadrlar siyosati masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rahbarlarning yangi avlodini tarbiyalash bo‘yicha tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdan tomonlar manfaatdor ekani ta’kidlandi.

«Ta’lim sohasidagi hamkorlikning ijobiy sur’ati qayd etildi: Rossiya oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar soni tobora ortib bormoqda. O‘zbekistonda Rossiyaning bir qator yetakchi universitetlari filiallari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

Kiritildi: 07:51 29.05.2025. O'qildi: 490 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!