Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik» mukofoti sovrindorlarini saralashda ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik» mukofoti sovrindorlarini saralashda ishtirok etdi

O‘zbekiston prezidenti Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 11-12 dekabr kunlari Rimda Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik-2026» mukofoti hay’atining yakuniy yig‘ilishida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik» mukofoti sovrindorlarini saralashda ishtirok etdi

Ta’kidlanishicha, ushbu tadbir doirasidagi uchrashuvlar nomzodlarni har tomonlama o‘rganishga yordam berdi. Shuningdek, ularning o‘zaro hurmat, birdamlikni kuchaytirish hamda inson qadrini ko‘tarish borasidagi xizmatini baholashda muhim bosqich bo‘ldi.

Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik» mukofoti sovrindorlarini saralashda ishtirok etdi

«Bu yil tanlovda qatnashgan shaxslar va tashkilotlar haqiqatan kuchli — hamjamiyatlariga salmoqli ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan nomzodlar sifatida o‘zini namoyon etdi.

Hurmatli hay’at a’zolari bilan birgalikda mukofot sovrindorlarini saralash jarayonida qatnashganimdan xursandman.

Ishonchim komilki, bizning jamoaviy qabul qilgan qarorimiz jahonda o‘zaro anglashuv va konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shadi», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Kiritildi: 18:23 13.12.2025. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!