Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Doha shahrida Qatar bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon al Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Prezident yordamchisining yozishicha, tomonlar O‘zbekiston—Qatar munosabatlarini rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, kelgusi tadbirlar jadvalini batafsil muhokama qilgan.
“Suhbat chog‘ida o‘zaro aloqalarimiz 2023 yili yangi bosqichga o‘tgani ta’kidlandi. Samarqand (2023 yil 5—6 iyun) va Doha (2023 yil 2 oktyabr) sammitlari tarixiy ahamiyat kasb etib, hamkorlikning yangi qirralariga eshik ochdi. O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi munosabatlarda mutlaqo yangi davr boshlandi, deya olamiz.
Biz o‘zaro madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdormiz. Qatarlik hamkorlar bilan mustahkam rishtalar bog‘lanib, qo‘shma loyihalar faol amalga oshiriladi, degan niyatdamiz”, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.