Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Saida Mirziyoyeva Isroilning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Isroilning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Kecha Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zeavit Ben Xillel xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Gender tengligini ta’minlash bo‘yicha komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.

"Suhbat jarayonida keng qamrovli masalalar muhokama qilindi. Jumladan, Gender tengligi mavzusi va Ko’ngil ko’zi kabi xayriya loyihalarining amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv iliq do‘stona ruhda o‘tdi. Kelgusidagi hamkorlik to‘g‘risida kelishib, turli yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdik", deb yozadi u.

Kiritildi: 07:53 05.06.2021. O'qildi: 2790 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!