Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sadir Japarov: “Amirsoy”da xizmat ko‘rsatish darajasi Yevropanikidan kam emas

Sadir Japarov: “Amirsoy”da xizmat ko‘rsatish darajasi Yevropanikidan kam emas

Xabar berilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi “Amirsoy” kurort majmuasida Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Qirg‘iziston yetakchisi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida uchrashuv haqida yozib, “Amirsoy” kurort majmuasida xizmat ko‘rsatish darajasi Yevropanikidan kam emasligini ta’kidladi.

– Mamlakatimiz hududining 94 foizini tog‘lar egallagan, yetti viloyatning har birida tog‘-chang‘i kurortlari barpo etish mumkin. Ammo bizda deyarli yo‘q. Nega? Chunki mustaqillikka erishganimizdan buyon biz oddiy xalqdan tortib Prezidentgacha faqat siyosat bilan shug‘ullanib keldik. Iqtisodiyot, turizm va boshqa muhim sohalarga deyarli e’tibor berilmadi. Hamkasbim Shavkat Mirziyoyev “Amirsoy” kurortini noldan, Toshkentga yaqin masofada qurgan. Xizmat ko‘rsatish darajasi Yevropanikidan kam emas. Qanchadan-qancha odamlar ish bilan ta’minlangan. Millionlab turistlar bu yerga dam olish uchun kelishmoqda, – dedi Qirg‘iziston yetakchisi.

2019 yilda ochilgan “Amirsoy” majmuasi Markaziy Osiyodagi eng yirik zamonaviy tog‘-chang‘i kurorti hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, majmua Chotqol tizmasining bir qismi bo‘lgan Mayg‘ashkan tog‘ining shimoliy yonbag‘rida 900 gektar maydonni egallaydi. Chang‘i yonbag‘irlarining balandligi 1 ming 630 metrdan 2 ming 275 metrgacha. Ko‘pgina yo‘llar yangi boshlovchilar va o‘rta darajadagi chang‘ichilar uchun mos keladi.

Kiritildi: 17:36 26.01.2025. O'qildi: 910 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!