Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Saab 37 Viggen — Sovuq urush davridagi “texnologik mo‘’jiza”: Rossiyaga qarshi yaratilgan shved qiruvchisi

Saab 37 Viggen — Sovuq urush davridagi “texnologik mo‘’jiza”: Rossiyaga qarshi yaratilgan shved qiruvchisi

Sovuq urush davridagi Shvesiyaning ko‘p maqsadli qiruvchi samolyoti Saab 37 Viggen Rossiya bilan urush uchun yaratilgan.

Bu haqda 19FortyFive sharhlovchisi Ayzek Seytsning maqolasida so‘z boradi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pincha yetarlicha baholanmagan Saab 37 Viggen aerokosmik texnikada sezilarli iz qoldirgan texnologik mo‘’jiza edi.

"U Sovuq urush davrida, Sovet Ittifoqi aniq xavf tug‘dirgan paytda yaratilgan... Viggen hech qachon janglarda qatnashmagan va eksport qilinmagan bo‘lsa-da, u o‘nlab yillar davomida Shvesiyaga samarali xizmat qildi, Yevropaning keyingi qiruvchi samolyotlari va uning vorisi JAS 39 Gripen konstruksiyalariga ta’sir ko‘rsatdi," - deyiladi materialda.

2005 yil noyabr oyida so‘nggi Viggens foydalanishdan chiqarildi, ular yangi Saab JAS 39 Gripen bilan almashtirildi.

Kiritildi: 17:54 07.05.2025. O'qildi: 839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!