NATO Eronga qarshi operasiyada ishtirok etmayapti, ammo uning yadroviy va ballistik raketa salohiyatining zaiflashishini oqlangan deb biladi.
NATO bosh kotibi Mark Ryutte bu haqda Shimoliy Makedoniyada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Eron yadroviy salohiyatga ega bo‘lishga yaqin va ballistik raketalarga ega, bu nafaqat Yaqin Sharq, jumladan, Isroil, balki Yevropa uchun ham tahdid soladi.
"Bu biz uchun, Yevropada, katta tahdid soladi", deb ta’kidladi u.
Ryutte Yevropa rahbarlari bilan ko‘plab telefon suhbatlaridan so‘ng, ittifoqchilari Eronning yadroviy va raketa salohiyatining zaiflashishini olqishlashi haqida xulosa qilganini qo‘shimcha qildi.