Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ruxsatnomasiz tonirovka uchun jarima miqdoriga o‘zgartirish kiritiladi

Ruxsatnomasiz tonirovka uchun jarima miqdoriga o‘zgartirish kiritiladi

“O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 126-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida” qonun loyihasi tayyorlandi. Hujjatga ko‘ra, MJTKning 126 – moddasini quyidagi tahrirda bayon etish taklif etilgan.

“126-modda. Ko‘zgusimon oynali, tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish, shuningdek transport vositalari oynalarini ruxsatnomasiz tusini o‘zgartirish (qoraytirish)

Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon oynali, tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, xuddi shuningdek transport vositalarining orqa yoki old yon oynalarini tegishli ruxsatnomasiz tusini o‘zgartirish (qoraytirish), –

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi;

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Transport vositalarining orqa va old yon oynalarini tegishli ruxsatnomasiz tusini o‘zgartirish (qoraytirish), –

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, –

bazaviy hisoblash miqdorining yetmish baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.”

Hujjat 17 oktyabrgacha muhokama qilinadi.  

 

Kiritildi: 15:56 03.10.2019. O'qildi: 4318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!