Bugun, 17 fevral kuni O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi ijroqo‘mining navbatdan tashqari yig‘ilishida MOQ raisi lavozimida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonovning o‘z lavozimidan ketish bo‘yicha yozgan arizasi ko‘rib chiqildi.
O‘z navbatida R.Shoabdurahmonovning ushbu arizasi ijroqo‘m a’zolari tomonidan qabul qilindi.
MOQning ma’lum qilishicha, navbatdan tashqari Bosh assambleya yig‘ilishda Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi rahbar saylanadi.