Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rustam Ashurmatovning «Rubin»dagi maoshi ma’lum bo‘ldi

A A A
Rustam Ashurmatovning «Rubin»dagi maoshi ma’lum bo‘ldi

Rossiya Premyer-ligasida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatovning «Rubin» klubidagi maoshi ma’lum bo‘ldi.

Cashsport.ru xabariga ko‘ra, «Rubin»ning o‘zbekistonlik himoyachi bilan kelishuviga ko‘ra, Ashurmatovning yillik maoshi 100 ming yevroni tashkil qiladi. Bu oylik 8 333 yevro, haftalik qariyb 2 ming yevro maoshdir.

Qozon klubidagi yana o‘zbekistonlik Umarali Rahmonaliyevning maoshi ochiqlanmagan.

Avvalroq, SSKA a’zosi Abbosbek Fayzullayevning yillik maoshi 110 ming yevroni tashkil etishi haqida xabar qilingandi.

Kiritildi: 23:05 07.12.2024. O'qildi: 15748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!