Bugun 2 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ro‘molga qarshi chiqqan hokim ro‘molli ayolga "Malibu" sovg‘a qildi

A A A
Ro‘molga qarshi chiqqan hokim ro‘molli ayolga "Malibu" sovg‘a qildi

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev Qo‘shtepa tumanidagi klaster korxonasi rahbarining doimo ro‘mol o‘rab yuradigan onasiga “Malibu” avtomashinasini sovg‘a qildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi "togri.uz"

Shuhrat G‘aniyev Qo‘shtepa tumanidagi “FERGANA GLOBAL TEXTILE” MCHJ klaster korxonasi rahbarining onasi, har doim ro‘mol o‘rab yuradigan  Hovaxon Madaminovaga “Malibu”ni farzandining yutuqlari evaziga bergan. 

Ma’lumot uchun, Qo‘shtepa tumani bu yil paxta rejasini mamlakatda birinchi bo‘lib bajargan. Bunda aynan "FERGANA GLOBAL TEXTILE" ning katta hissasi borligi aytilgan viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida. 

Kiritildi: 11:06 09.10.2019. O'qildi: 5940 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!