Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ruminiya prokuraturasi prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida g‘alaba qozongan Kelin Jorjeskuning saylovoldi tashviqoti paytida manipulyasiya va pul yuvish holatlari bo‘yicha tergov

Ruminiya prokuraturasi prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida g‘alaba qozongan Kelin Jorjeskuning saylovoldi tashviqoti paytida manipulyasiya va pul yuvish holatlari bo‘yicha tergov

Ruminiya prokuraturasi prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida g‘alaba qozongan Kelin Jorjeskuning saylovoldi tashviqoti paytida manipulyasiya va pul yuvish holatlari bo‘yicha tergov boshladi — Romania Insider.

Ma’lum qilinishicha, Ruminiya Bosh prokuraturasi o‘ta o‘ngchi nomzod Kelin Jorjeskuning saylov kampaniyasi moliyalashtirilishi yuzasidan ichki tekshiruv boshlagan, uning o‘zi bu ayblovlarni rad etmoqda.

Tergov yaqinda Milliy Mudofaa Oliy Kengashi (CSAT) hujjatlarining maxfiyligini bekor qilgandan so‘ng boshlandi, bu esa prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida g‘olib bo‘lgan Jorjeskuning manbasi oshkor etilmagan tashqi mablag‘larni olganini va o‘z saylov kampaniyasiga hukumat amaldorlarini jalb qilganini ko‘rsatdi. Qayd etilishicha, jarayon asosan TikTok platformasida onlayn tarzda amalga oshirildi.

Prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi 8 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Shu sababli, bu tergov saylov jarayoniga qanday ta’sir qilishi aniq emas.

Kiritildi: 11:45 06.12.2024. O'qildi: 525 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!